“Xorijiy tillar” kafedrasi
“Xorijiy tillar” kafedrasi
 

  Umumiy ma’lumotlar

  Kafedra mudiri: Zokirova  Gulnora Sadikovna .

 

 Qabul vaqti: 1400 – 1700

 

 Telefon: 

 

 Mobil: +99890 806 -11-20

 

 E-mail:

 

 Veb-sayt:  www.tmial.tsue.uz

Kafedra tarixi

  Toshkent Moliya Instituti qoshidagi Soliq litseyi 1997 yilining avgust oyida tashkil topgan. Xorijiy tillar kafedrasi 1997 yili tashkil etilgan. Kafedraning dars jarayonlariga Toshkent Moliya Instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, O`zbekiston Milliy Universiteti professor oqituvchilari jalb etilgan.

Davlat tomonidan sobiq soliq litseyi 2006 yilda Toshkent Moliya Instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga ozgartirildi. 2018 yilda esa Toshkent moliya instituti akademik litseyi nomi berildi.

Kafedraga rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar haqida ma‘lumot

 Kafedrani 1997-2002 yillarda bosh o’qituvchi Ibadova Shohista Malikovna boshqargan;

2003-2009 yillarda, bosh o’qituvchi Fayziyeva Mavuda Yakubovna;

2010-yildan to shu kunga qadar kafedraga bosh o’qituvchi Zokirova Gulnora Sadikovna rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Kafedra bo’yicha belgilangan shtat birligi

  Bugungi kunda kafedrada 5 nafar oliy toifali oqituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedraga biriktirilgan va dars mashg’ulotlari o’tiladigan ta‘lim yo’nalishi.

  -Aniq fanlar yonalisi;

-Xorijiy tillar yonalishi;

-Ijtimoiy gumanitar fanlar yonalishi; 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Zokirova Gulnora Sodikovna

 

“Xorijiy tillar”  kafedrasi bosh o`qituvchisi . sadikovna1120@gmail.com
2

Нормухамедова Дилдора Тимуровна

“Xorijiy tillar”  kafedrasi bosh o`qituvchisi

 

Теl:(99894)603-45-75
E-mail:

3

Арипова Зиёда Хайтбаевна

 

“Xorijiy tillar”  kafedrasi bosh o`qituvchisi

Теl:(99894)676-30-32

 E-mail:
4

Файзуллаева Назокат Абдусаттаровна

“Xorijiy tillar”  kafedrasi bosh o`qituvchisi

Теl:(99893)532-00-45

 E-mail: fnazokatsfi@gmail.com

15  

Nabixonova Nigora Shuhratbekovna

 
O'qituvchi nigoraxonim@gmail.com

O‘quv-uslubiy ishlar

Kafedra oqituvchilari tomonidan o`quv-uslubiy qo`llanmalar yaratilgan:

M.Fayziyeva  “None finite form of the verb” uslubiy qo’llanma

D.Normuhamedova “Geography and climate” uslubiy qo’llanma

D.Abdurahimov  “Article”,

 G.Zokirova  “Modal verbs“  nomli  uslubiy qo’llanma

Ichki o’rindosh o`qituvchi N.Nazarova Nemischa–O’zbekcha–Ruscha qurilish lug’ati

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

  Kafedra o‘qituvchilari tomonidan Respublika va Xalqaro 70 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  Kafedra o‘qituvchilari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ijobiy tashabbus asosida oquvchi yoshlarning yuksak ma‘naviy ahloqiy fazilatlari, ona vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar, tashkil etib kelmoqdalar. Shuningdek, akademik litseyda “Kafedra haftaliklari” doirasida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Kafedra oqituvchilari ozlari rahbarlik qilayotgan oquvchilar bilan birga Toshkent shahri va Respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga o`quvchilar bilan birgalikda tashriflar uyushtirib turiladi.

Oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik

 

“Xorijiy tillar” kafedrasi Toshkent Moliya Instituti “O’zbek va xorijiy tillar“ kafedrasi, O’zMU fransuz tili kafedrasi, TDIU akademik litseyi,  O’zDJTU akademik litseyi  “Xorijiy tillar” kafedralari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Ular birgalikda mahorat  darslari seminarlar olib boradilar. 

Bundan tashqari Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 3 dekabrdagi „Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida“gi 4910-sonli Qarori ijrosi yuzasidan „Xorijiy tillar“ kafedrasi Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga, akademik litsey moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni saralab olish jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini muntazam oshirib borish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq etish borasidagi tizimli ishlarni amalga oshirish, akademik litsey o‘quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o‘zlashtirib chiqishlari hamda mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun dars mashg‘ulotlariga institutning yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini jalb etish, akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilarini chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, iqtidorli o‘quvchilar hamda litseydagi fan o‘qituvchilarini “ustoz-shogird” tizimi asosida institutning malakali professor-o’qituvchilariga biriktirish kabi ishlar kiradi.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

  Kafedra tomonidan innovatsion hamkorlik doirasida respublikamizning barcha tijorat banklari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo’lib, bunga asosan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, banklarning malakali mutaxassislari istirokida dolzarb mavzularda ma’ruza va davra suhbatlari tashkil qilinib kelinmoqda. Shu bilan birga oxirgi yillarda hamkorlikning ijobiy natijasi sifatida ATIB “Ipotekabank”, XAB “Trastbank”, AT “Aloqabank”, ATB “Qishloqqurilishbank”, ATB “Agrobank”, AT “Xalq banki” tomonidan homiylik ishlari amalga oshirilib, institutning tegishli o‘quv xonalari texnik vositalar bilan jihozlandi.  Shuningdek, 2018-2019 o‘quv yillarida ATB “Mikrokreditbank” bilan ham ana shunday hamkorlik amalga oshirilmoqda. Bu esa, institutda o’quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

 

 

Success helper
Success warning