“Jinoyatga jazo muqarrar” va “Jaholatga qarshi ma’rifat”
2022 yilning 9 mart kuni Toshkent moliya instituti akademik litsey faollar zalida “Jinoyatga jazo muqarrar” va “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBBTEKKB mas’ul xodim A.Shukurov, Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tergovchisi E.Beknazarov, Olmazor tuman ma'naviyat va ma'rifat bo’linmasi rahbari M.Alibayeva, tuman din ishlari buyicha bosh mutaxassis Abdugaffor Qayumovlar mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Olmazor tuman din ishlari buyicha bosh mutaxassis A.Qayumov so’zga chiqdi va o’z so’zida mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan davra suhbatida “Jaholat”, “Ma’rifat” tushunchalari, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili, ulkan imkoniyat va boyliklarga ega mamlakatda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik, globallashuv jarayoni, “ommaviy madaniyat”, ma’rifatparvar, tinchlikparvar, butun insoniyatga faqat yaxshilikni ta’lim berguvchi Islom dini xususida batafsil ma’lumotlar berilib, fikr almashildi.
Uchrashuv savol – javob shaklida tashkil etilib, ko’tarinki ruhda boʻlib o’tdi. Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.