8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Ayol - nafosat timsoli
⠀
Ayni kunlarda butun Respublikamiz bo'ylab bahorning ilk bayrami, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni keng nishonlanmoqda.
⠀
Xususan, joriy yilning 7-mart kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan "Ayol - nafosat timsoli" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
⠀
Mazrkur tadbirda Toshkent moliya instituti rahbariyati, litsey o'qituvchilari hamda o'quvchilar ishtirok etishdi.
⠀
Ta'kidlanganidek, oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayz-u barakot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Shunday ekan ularni qancha e'zozlasak, hurmat bajo keltirsak ham kam.
⠀
Bayram tadbiri o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari hamda musiqiy chiqishlar bilan yana-da ko'rkam o'tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
⠀